Samarqand Davlat Meditsina Institutiga Xush kelibsiz!


  Samarqand Davlat Meditsina instituti – O’rta Osiyoda tashkil etilgan birinchi tibbiyot universiteti hisoblanadi. Institutning asosiy maqsadi jahon standartlari talablariga javob beradigan yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashdir.

  Institut tarixi 1930-yildan boshlanadi. Bu yillar davomida institut tibbiyot sohasida nafaqat mahalliy, balki butun dunyo rivojiga bebaho hissa qo’shildi.

  Zamon talablariga mos ravishda institut innovatsion modulli va elektron ta’lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etmoqda. 2013-yildan boshlab ECTS talablariga javob beradigan institutda kredit-modulli o’qitish tizimi joriy etildi, bu esa chet ellik talabalarni faol jalb qilish imkonini beradi.

  Institut juda boy moddiy-texnik bazaga ega. U yuqori sifatli tibbiy ta’lim olish, talabalar turar joylari va dam olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan.

  Institutning barqarorligi va nufuzi rivojlanish strategiyasi bilan belgilanadi, ya’ni sifatli o’qitishning eng yaxshi an’analariga asoslangan sog’liqni saqlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha etakchi universitetlar guruhidagi barqaror pozitsiyaga ega.

Institut rektori
professor Azamat Muxitdinovich Shamsiyev